Joriy yilning 28-yanvar kuni 8-sinflar o‘rtasida matematika fanidan oʻtkazilgan Al-Xorazmiy olimpiadasining tuman (shahar) bosqichining mutlaq g‘oliblari eʼlon qilindi. Bu haqda Fan olimpiadalari markazi xabar berdi.
Olimpiadada hududlar kesimida matematika fanidan 8-sinflar bo‘yicha 18 002 nafar o‘quvchi ishtirok etgan edi.
Quyida olimpiada natijalari bilan hududlar kesimida tanishish mumkin:
Avvalroq, matematika fanidan 7-sinflar kesimida oʻtkazilgan Al-Xorazmiy olimpiadasining yakuniy g‘oliblari e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.
