Qoʻqonda 9-sinf oʻquvchisi profilaktika inspektorini pichoqladi

Qoʻqonda 9-sinf oʻquvchisi profilaktika inspektorini pichoqladi

Fargʻona viloyati Qo‘qon shahrida 9-sinf o’quvchisi  bo’lgan 16-yoshli yigit profilaktika inspektorini pichoqlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Inspektor og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Bolaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

18-fevral kuni Qoʻqon shahar 1-son IIB “Sadoqat” MFY profilaktika inspektori oʻzi xizmat olib boradigan mahalladagi xonadonlardan birida yashovchi fuqaro M.R.ning (gumondorning buvisi) chaqiruvi asosida uning uyiga borgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shu vaqtda 16 yoshli Oʻ.Oʻ.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ xizmat vazifasini bajarayotgan profilaktika inspektori bilan yashash xonadonining oshxonasida oʻzaro janjallashib qolgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Janjal vaqtida voyaga yetmagan fuqaro IIO xodimining koʻkrak qafasi orqa chap tomoniga oshxona pichogʻi bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Inspektor ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan J.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, u Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan Qoʻqon shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Avvalroq, Toshkentda 19 yoshli yigit ikki nafar voyaga yetmagan o‘quvchini ‘‘salom bermagani’’ uchun pichoqlagan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠