“Bir kunda 11 soatlab dars qilgan paytlarim boʻlgan” — Buxoroda 10-sinf oʻquvchi muddatidan oldin 178 ballni qoʻlga kiritdi

“Bir kunda 11 soatlab dars qilgan paytlarim boʻlgan” — Buxoroda 10-sinf oʻquvchi muddatidan oldin 178 ballni qoʻlga kiritdi

Buxoro tumani 20-umumiy oʻrta maktabning 10-sinf oʻquvchisi Atoyev Alisher 4 ta umumtaʼlim fanidan tegishli sertifikatlarni olib, muddatidan oldin 178 ballni qoʻlga kiritgan.

 

Oʻquvchi kimyo, biologiya, matematika va ona tili fanlaridan milliy sertifikat olgan. Alisherning sertifikat natijalari quyidagicha:

 

Kimyo — A+

Biologiya — A

Matematika — C+

Ona tili — B

“Bir kunda 11 soatlab dars qilgan paytlarim boʻlgan” — Buxoroda 10-sinf oʻquvchi muddatidan oldin 178 ballni qoʻlga kiritdi “Bir kunda 11 soatlab dars qilgan paytlarim boʻlgan” — Buxoroda 10-sinf oʻquvchi muddatidan oldin 178 ballni qoʻlga kiritdi “Bir kunda 11 soatlab dars qilgan paytlarim boʻlgan” — Buxoroda 10-sinf oʻquvchi muddatidan oldin 178 ballni qoʻlga kiritdi “Bir kunda 11 soatlab dars qilgan paytlarim boʻlgan” — Buxoroda 10-sinf oʻquvchi muddatidan oldin 178 ballni qoʻlga kiritdi

 

Eslatib oʻtamiz, umumtaʼlim fanlaridan A va A+ darajali sertifikatlar uchun kirish imtihonlarida asosiy fanlardan maksimal ball, B, B+, C va C+ sertifikatlarga esa asosiy fanlardan olish mumkin boʻlgan maksimal ballning tegishli foiz miqdorlarida ball beriladi. Lekin majburiy fanlar uchun maksimal ballni qo’lga kiritish mumkin.

 

Alisher ushbu natijaga erishish yoʻlidagi oʻzining tajribasi bilan oʻrtoqlashdi. Uning soʻzlariga koʻra, barcha fanlardan sertifikat olish uchun avvalo intizomli dars qilish kerak. U 7-sinfdan buyon kimyo va biologiya fanlaridan qoʻshimcha darslar qilib, fanni chuqurroq oʻrganishga kirishgan.

 

Alisher eng koʻp qiyinlik qilgan fan bu — biologiya. Ushbu fanni oʻrganish davomida bir kunda 10-11 soatlab dars qilgan holatlar ham boʻlganini aytib o’tdi.

“Bir kunda 11 soatlab dars qilgan paytlarim boʻlgan” — Buxoroda 10-sinf oʻquvchi muddatidan oldin 178 ballni qoʻlga kiritdi

Oʻquvchi Toshkent tibbiyot institutining “Davolash ishi” yoʻnalishiga oʻqishga kirishni maqsad qilgan. Unda faqat tarixdan sertifikat olish qolgan. Alisher maksimal 189 ballni qoʻlga kiritib, muddatidan avval grant asosida oʻqishni kirishni naqd qilib qoʻymoqchi.

 

“Hozir biz hayotimizni qanday davom etishini hal qiladigan yoshdamiz. Shu sababdan birozgina loqaydlik va dangasalik hayotimizni tubdan oʻzgartirib yuborishi mumkin. Albatta, bir narsaga erishish uchun ikkinchi narsadan voz kechish kerak”, — deydi Alisher Atoyev

“Bir kunda 11 soatlab dars qilgan paytlarim boʻlgan” — Buxoroda 10-sinf oʻquvchi muddatidan oldin 178 ballni qoʻlga kiritdi

Oʻquvchiga omad va albatta oldiga qoʻygan maqsadlariga yetishishini tilab qolamiz.