Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ilk bor 2026-yil 25-fevral kuni ushbu fanlardan malaka imtihonlarining birinchi bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda (ikkinchi bosqichi – amaliy (ijodiy) imtihonlar tegishli vazirliklar tomonidan o‘tkaziladi).
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktyabrdagi 652-son qaroriga muvofiq musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlari oʻqituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Talabgorlar mazkur fanlardan malaka imtihonlarida ishtirok etish uchun 10-fevralgacha (shu kuni ham) my.gov.uz saytining «Mening arizalarim» bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
To‘lovning oxirgi muddati esa 11-fevral (shu kuni ham).
Talabgorlar test varianti tafsilotlari, test topshiriqlari formatlari va boshqa muhim ma’lumotlar bilan tanishishlari mumkin.
Jismoniy tarbiya fanidan test tafsilotlari — Faylni yuklash
Musiqa fanidan test tafsilotlari — Faylni yuklash
