“Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi” tanlovi eʼlon qilindi: kimlar ishtirok etishi mumkin?

“Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi” tanlovi eʼlon qilindi: kimlar ishtirok etishi mumkin?

Iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ragʻbatlantirish hamda Milliy statistika qoʻmitasi uchun istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida “Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi” tanlovi eʼlon qilindi.

 

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

 

Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi oliy taʼlim muassasalarida kunduzgi taʼlim shaklida, statistika, iqtisodiyot, moliya, axborot texnologiyalari va maʼlumotlar ilmi va tahlili (Data Science & Analytics) yoʻnalishlarda tahsil olayotgan talabalar:

 

Shuningdek:

 

– bakalavriatning 3–4-bosqich talabalari;

– magistratura bosqichi talabalari.

 

Tanlov 3 bosqichda oʻtkaziladi:

 

Birinchi bosqich – hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish (saralash bosqichi);

Ikkinchi bosqich – nazariy bilimlarni baholash testlari (statistika, iqtisodiyot, matematika, analitik fikrlash, IQ, ingliz tili);

Uchinchi bosqich – tanlov komissiyasi aʼzolari bilan suhbat.

 

1-bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar bilan bogʻlaniladi va 2-bosqichga taklif etiladi.

 

Hujjatlarni topshirish tartibi qanday?

 

Nomzodlar hujjatlarni faqat PDF formatda 2026-yil 15-fevral kuni soat 18:00 ga qadar quyidagi elektron pochta manziliga yuborishlari lozim – sto1@stat.uz

 

Taqdim etiladigan hujjatlar quyidagilar iborat:

 

– maʼlumotnoma (CHV, bogʻlanish uchun aloqa maʼlumotlari bilan);

– motivation letter;

– akademik reyting koʻrsatkichlari (akademik maʼlumotnoma);

– xorijiy tillarni bilish boʻyicha hujjatlar (mavjud boʻlsa);

–  ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha hujjatlar (mavjud boʻlsa);

–  erishilgan yutuqlar va ijtimoiy faollik boʻyicha maʼlumotlar hamda tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud boʻlsa).

 

Tanlov natijalariga koʻra 10 nafar gʻolib aniqlanadi. Gʻoliblarga 2025–2026 oʻquv yilining ikkinchi yarmi (fevral–iyun) davomida BHMning 3 barobari miqdorida stipendiya toʻlab beriladi.

 

Eslatma! Tanlovning toʻliq shartlari, bosqichlari va baholash mezonlari “Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi” nizomida batafsil keltirilgan.