Hukumat qarori bilan Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga bir qancha oʻzgartirishlar kiritildi.
Unga koʻra, fanlar majmuasida chet tili mavjud boʻlgan taʼlim yoʻnalishlariga qabul xorijiy tilni bilish boʻyicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.
Bunda, chet tili birinchi yoki ikkinchi fan boʻlishidan qatʼiy nazar, B1 darajadagi sertifikat ham qabul qilinadi. Faqat ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foiz miqdorida ball beriladi
B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga esa ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.
Muhim eslatma! Ushbu imtiyoz sertifikat qachon olinganidan qatʼi nazar, amalda boʻlgan barcha sertifikatlar uchun taalluqli. Yaʼni, sertifikat muddati oʻtmagan boʻlsa, joriy yilda yana qayta olish shart emas
