Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi 2026-yil bahorida o‘tkaziladigan malaka toifa attestatsiyasi doirasida fanlar va yo‘nalishlar bo‘yicha test talablari hamda ularga asoslangan namunaviy topshiriqlarni ochiq muhokamaga taqdim etilgan edi.
Xabar berganimizdek, sinov topshiriqlarini maxsus yaratilgan uztditestbot orqali bepul bajarish imkoniyati mavjud.
Hozirda bot orqali ona tili va adabiyoti, matematika, boshlang‘ich ta’lim, tarix, ingliz tili, rus tili, kimyo hamda rus tili va adabiyoti fanlaridan namunaviy testlarini yechishingiz mumkin. Qolgan fanlardan ham savol topshiriqlari navbat bilan qo‘shilmoqda.
Bugun, 26-yanvar kuni ushbu testlarda eng yuqori natijaga erishgan ishtirokchilar ro‘yxati e’lon qilindi.
Ular quyidagicha:
1. Masharipova Nilufar — (viloyat ko‘rsatilmagan)
2. Boliyeva Nigora — (viloyat ko‘rsatilmagan)
3. Murodullayeva Ezoza — Qashqadaryo viloyati
4. Xurshida Abdullayeva — (viloyat ko‘rsatilmagan)
5. Shahnozabonu Shodiyeva — Toshkent shahri
6. Ziyaeva Baxit — (viloyat ko‘rsatilmagan)
7. Amirqulov Elyorbek — (viloyat ko‘rsatilmagan)
8. Boqiyeva Sarvinoz — (viloyat ko‘rsatilmagan)
9. Toshmurodov Navruzbek — Qashqadaryo viloyati
10. Xamdamov Rasuljon — Farg’ona viloyati
Ma’lumotlar ishtirokchilar tomonidan ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qanday kiritilgan bo‘lsa, aynan shu holatda joylashtirilgan. Shu bois ishtirokchilardan ma’lumotlarni to‘liq va xatosiz kiritish talab etiladi.
Hozirda test materiallari bosqichma-bosqich yuklanmoqda va yaqin fursatda Talimxabarlari.uz saytida e’lon qilinadi.
Testlarni bajarish tartibi esa quyidagi videoda batafsil tushuntirilgan.
