1-yanvardan bogʻcha puli miqdori oshdimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

1-yanvardan bogʻcha puli miqdori oshdimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda 2026-yil 1-yanvardan boshlab bog‘cha puli oshirilgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining izoh berishicha, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar to‘lovi o‘zgarmagan. Imtiyozlarning bekor boʻlishi natijasida ayrim hududlarda toʻlov hajmida oʻzgarishlar kuzatilgan.

 

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi tegishli qarori asosida 2025-yil 1-yanvardan boshlab  davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining yangi miqdorlari belgilangan va u hozirga qadar amal qilib kelmoqda.

 

Eʼtiborli jihati shundaki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi tegishli qarori asosida 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlariga nisbatan tumanlarning toifasidan kelib chiqib, quyidagi kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllanilgan edi:

 

– 5-toifadagi tumanlarda — 25 foiz;

 

– 4-toifadagi tumanlarda — 25 foiz;

 

– 3-toifadagi tumanlarda (shahar aholi punktlaridan tashqari) — 15 foiz.

 

“Keltirib oʻtilgan mazkur imtiyozning amal qilish muddati 2026-yil 1-yanvarga qadar etib belgilanganligi sababli, ayni vaqtda ushbu imtiyoz oʻz kuchida emas”, – deyiladi vazirlik xabarida.