Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi 2026-yil bahorida o‘tkaziladigan malaka toifa attestatsiyasi doirasida fanlar va yo‘nalishlar bo‘yicha test talablari hamda ularga asoslangan namunaviy topshiriqlarni ochiq muhokamaga taqdim etilgan edi.
Xabar berganimizdek, sinov topshiriqlarini maxsus yaratilgan uztditestbot orqali bepul bajarish imkoniyati mavjud.
Hozirda bot orqali ona tili va adbiyoti, matematika, boshlang‘ich ta’lim, tarix, ingliz va rus tillaridan namunaviy testlarini yechishingiz mumkin. Qolgan fanlardan ham savol topshiriqlari navbat bilan qo‘shilmoqda.
Bugun, 25-yanvar kuni ushbu testlarda eng yuqori natijaga erishgan ishtirokchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Ular quyidagicha:
-
Xalmanov Sherali — Qashqadaryo viloyati
-
Anvar Ko‘charov — Surxondaryo viloyati
-
Davlatov Anvarjon — Andijon viloyati
-
Toshmurodov Shoberdi — Samarqand viloyati
-
Karimova Mushtariy — Andijon viloyati
-
Usmanov Navruz — (viloyat ko‘rsatilmagan)
-
Dostonbek — (viloyat ko‘rsatilmagan)
-
Iskandarova Komila — Namangan viloyati
-
John Doe — (viloyat ko‘rsatilmagan)
-
Abdusattarova G — (viloyat ko‘rsatilmagan)
-
Shoira — (viloyat ko‘rsatilmagan)
-
Mohichehrarxon — (viloyat ko‘rsatilmagan)
-
Shuxrat Hizamov — Toshkent viloyati
-
Hasan Fayzulayev — Buxoro viloyati
-
Bunyod Esirgapo v — Jizzax viloyati
Ma’lumotlar ishtirokchilar tomonidan ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qanday kiritilgan bo‘lsa, aynan shu holatda joylashtirilgan. Shu bois ishtirokchilardan ma’lumotlarni to‘liq va xatosiz kiritish talab etiladi.
Hozirda test materiallari bosqichma-bosqich yuklanmoqda va yaqin fursatda Talimxabarlari.uz saytida e’lon qilinadi.
Testlarni bajarish tartibi esa quyidagi videoda batafsil tushuntirilgan.
