Toshkent shahar Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi Akramov Asadbek IELTS 8.0 xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Ma’lum qilinishicha, u 8 oy davomida Intermediate, Pre-IELTS va IELTS kurslarini bosqichma-bosqich tugatib, Overall 8.0 ballga erishgan.
U IELTS sinovi qismlaridan quyidagicha natija koʻrsatgan:
Listening (Tinglab tushunish) — 9.0;
Reading (Oʻqish) — 8.0;
Writing (Yozish) — 7.5;
Speaking (Gapirish) — 6.5.
Avvalroq, Buxoro shahridagi 32-umumtaʻlim maktabining 7-sinf oʻquvchisi Parvina Joʻrayeva xalqaro IELTS imtihonida C1 darajani qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, Buxoro tumanidagi 2-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sevara Avezova ingliz, nemis va koreys tillari bo‘yicha xalqaro, rus tili fanidan esa milliy sertifikatlarga ega bo‘lgan edi.
