Ertaga oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar qabuli yakunlanadi

Ertaga oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar qabuli yakunlanadi

Xabaringiz bor, joriy yil 10-yanvardan bahorgi semestr uchun oʻqishni koʻchirish (qayta tiklash) boʻyicha arizalar qabuli boshlangan edi. Arizalar qabuli ertaga 20-yanvar kuni yakunlanadi.

 

Arizalar quyidagi shakllarda:

 

  • Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy transfer.edu.uz sayti;

 

  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn qabul qilinishi mumkin.

 

Bahorgi semestr oldidan bir oliy taʼlim tashkilotidan boshqasiga “koʻchirib tiklash” boʻyicha arizalar qabul qilinmaydi.

 

Ruxsat kimlarga beriladi?

 

– talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish istagidagilarga;

 

– davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

 

Talab etiladigan hujjatlar:

 

– reyting daftarchasi, akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi;

– o‘qishni ko‘chirish (qayta tiklash) sabablarini tasdiqlovchi hujjatlar.

 

Arizalar 2026-yil 21-yanvardan 10-fevralgacha koʻrib chiqiladi va natijasi yuzasidan talabgorlarga maʼlum qilinadi.