InterMaths Erasmus Mundus Joint Master Degree — magistratura bosqichini matematika yoʻnalishida Yevropaning nufuzli oliygohlarida davom ettirishni istagan talabalar uchun tashkil etilgan. Dasturda ushbu yoʻnalish boʻyicha yuqori bilim va salohiyatga ega bakalavr bosqichini tamomlagan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.
Dasturga qabul qilingan talabalar 2 yil davomida Yevropaning turli universitetlarida bilim va tajribaga ega boʻladi.
Dastur tuzilishi quyidagicha:
- 1-semestrda Italiyada (LʼAquila universiteti) amaliy matematika boʻyicha foundation kursida (Foundations of Applied Mathematics) oʻqiydi;
- 2-semestrda Germaniyaning Hamburg texnologiya universiteti yoki Avstriyaning Vena texnologiya universitetida Numerical – Modelling Training yoʻnalishi boʻyicha taʼlim oladi.
- Keyingi bir yilni esa quyidagi 5 ta hamkor universitetlardan birida davom ettiradi:
- Modelling and Simulation of Infectious Diseases (LʼAquila)
- Computational Methods in Biomedical Imaging (Hamburg)
- Stochastic Modelling in Neuroscience (Nice)
- Cancer Modelling and Simulation (LʼAquila)
- Computational Fluid Dynamics in Industry (Vienna)
- Decision Making and Applications to Logistics (Barcelona).
Ushbu dastur besh xil sohalar boʻyicha ishlab chiqilgan boʻlib, ular innovatsion metodologiyalarga asoslangan va hozirgi jamiyatdagi, xususan, tibbiyot va sanoatdagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga yordam beradi.
Dasturga qabul qilingan talabalarni barcha xarajatlari moliyalashtiriladi va ular oylik stipendiya bilan taʼminlanadi.
Maqbullik shartlari
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- dasturda istalgan millat vakillari qatnasha oladi;
- nomzod bakalavr bosqichini matematika, amaliy matematika, fizika, muhandislik yoki boshqa shunga aloqador sohada tugallagan boʻlishi yoxud soʻnggi bosqichda oʻqiyotgan boʻlishi darkor;
- ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Kamida IELTS 6, TOEFL iBT 80 yoki ekvivalent daraja talab etiladi;
- yuqori akademik koʻrsatkichga va ushbu dasturda ishtirok etish uchun katta qiziqishga ega boʻlishi kerak.
Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Foydali tomonlari
Dasturga qabul qilinganlar ushbu imtiyozlarga ega boʻladi:
- oʻqish kontrakt toʻlovidan qisman ozod etiladi (18,000 yevro);
- dastur davomida oylik 1,400 yevrogacha bonus stipendiya bilan taʼminlanadi;
- tibbiy sugʻurta xarajatlari to’liq qoplanadi;
- talabalarning dasturda ishtirok etishi bilan bog’liq boshqa har qanday majburiy xarajatlar qoplanadi.
Dastur manfaatli tomonlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
