Endi qishki “perevod” uchun arizalarni my.gov.uz portali orqali ham onlayn topshirishingiz mumkin

Endi qishki “perevod” uchun arizalarni my.gov.uz portali orqali ham onlayn topshirishingiz mumkin

Endilikda qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalarni my.gov.uz portali orqali onlayn topshirishingiz mumkin.

 

Qishki “perevod” uchun arizalar hududiy Ishchi guruh orqali qabul qilinmaydi.

 

Talab etiladigan hujjatlar:

 

– akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi;

 

– o‘qishni ko‘chirish sabablarini tasdiqlovchi hujjatlar.

 

Muhim eslatmalar:

 

  • bahorgi semestr oldidan bir oliy ta’lim tashkilotidan boshqasiga “o‘qishni ko‘chirib tiklash” bo‘yicha arizalar qabul qilinmaydi;
  • ariza topshirish jarayonida kiritilayotgan maʼlumotlar va yuklanadigan hujjatlarni yuborishdan oldin diqqat bilan tekshirib chiqish soʻraladi. Sababi ariza yuborilgandan soʻng uni tahrirlash imkoni mavjud emas.

 

Avvalroq, oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar my.gov.uz portali orqali qabul qilinmayotgani haqida xabar bergan edik.