11 yoshli maktab oʻquvchisi IELTS imtihonidan 7.5 ballni qoʻlga kiritdi

11 yoshli maktab oʻquvchisi IELTS imtihonidan 7.5 ballni qoʻlga kiritdi

Andijonlik 11 yoshli oʻquvchi xalqaro IELTS imtihonidan 7.5 ball toʻplab, C1 darajani qoʻlga kiritdi.

 

Tursunov Muhammadiy Andijon shahridagi 13-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 6-“D” sinfida tahsil oladi.

Sinovda Muhammadiy Listening (Tinglab tushunish) testidan 8, Reading (O‘qib tushunish), Writing (Yozish) qismlaridan 7,5 va Speaking (Gapirish) qismidan 6,5 ball to‘plagan.

 

Avvalroq, Buxoroda 9-10-sinf aka-ukalar IELTS C1 va SAT xalqaro sertifikatlarini qoʻlga kiritishgani haqida xabar berilgan edi.

 

Shuningdek, buxorolik 12 yoshli oʻquvchi IELTS C1 sertifikatiga ega boʻlgan edi.