Prezidentning 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoning 9-bandi (g-kichik bandi)ga ko‘ra, umumtaʼlim fanlari boʻyicha bir nechta sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga har oylik qoʻshimcha ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat boʻyicha toʻlanadi.
Bunda oʻqituvchiga Sertifikatlarning faqat bittasi uchun, yaʼni yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi xalqaro Sertifikat uchun 50% ustama toʻlanadi.
Lekin, bu normaning qolgan turdagi ustamalarga umuman aloqasi yoʻq, yaʼni oʻqituvchi bir vaqtda:
– 86 va undan yuqori ball toʻplab olingan oliy yoki birinchi toifa uchun beriladigan 70% lik ustamani;
– xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar Sertifikat uchun (50% yoki 20%) beriladigan ustamalarni;
– Vazir jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan ustamalarni (5,5*1271000);
– direktor jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan (40% gacha);
– olis hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagoglarga toʻlab beriladigan ustamalarni;
– yangi baholash tizimini samarali joriy etgan, taʼlim berish yoʻnalishida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan oʻqituvchilarga (40 %gacha) toʻlab beriladigan va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa ustamalarni olishi mumkin.
