Qishki taʼtil vaqtida maktab rahbarlari va oʻqituvchilaridan qanday ish tartibi talab qilinadi?

Qishki taʼtil vaqtida maktab rahbarlari va oʻqituvchilaridan qanday ish tartibi talab qilinadi?

Qishki taʼtil vaqtida maktab rahbariyati va oʻqituvchilar oʻzlarining lavozim majburiyatlarini bajarishadi. Garchi oʻqituvchilar qishki taʼtil vaqtida dars oʻtmasa-da, pedagogik yuklamani bajaradi.

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 16-oktyabrdagi 334-sonli buyrugʻiga 43 – ilovada umumiy oʻrta taʼlim maktabi (maktab-internat) xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarida lavozim majburiyatlari belgilangan. Ushbu buyruqqa koʻra, pedagog xodimning majburiyatlari faqat dars berish emas, unda bir qator boshqa majburiyatlar ham bor.

 

Shunga koʻra, taʼtil vaqtida oʻqituvchilar oʻzlarining boshqa majburiyatlarini bajaradi.

 

Mehnat kodeksining 184-moddasiga koʻra, 1 stavka miqdorda (yuqori sinflarda 20, boshlangʻich sinflarda 18 soat) ishlaydigan oʻqituvchi haftasiga 36 soat ishlashi kerak.

 

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 3058) 4-bandiga asosan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi quyidagicha hisoblab chiqiladi:

 

1-4-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 1 koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali, yaʼni:

 

– 18×1=18+18=36×4,3(hafta)=154,8×43 (hafta)=1548 soat;

 

 5-11-sinflar uchun belgilangan bir stavka miqdoridagi ish yuklamasi haftalik hajmini 0,8 koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali, yaʼni:

 

– 20×0,8=16+20=36×4,3(hafta)=154,8×43 (hafta)=1548 soat.

 

Yuqoridagi qoidaga koʻra, oʻqituvchi tarif boʻyicha olgan soatlariga mutanosib ravishda pedagogik yuklamani bajarish uchun maktabga keladi va belgilangan soatlarni ishni bajaradi.

 

Shuning uchun, oʻqituvchilarga MK 244-moddasiga asosan ish haqi toʻlanadi.