Agentlik tizimidagi «Yangi O‘zbekiston» universiteti talabasi Fyodor Amanov YUNESKO tashabbusi bilan tuzilgan nufuzli “Quantum 100” ro‘yxatiga kiritildi.
Mazkur ro‘yxatda kvant fanlari va texnologiyalari bo‘yicha dunyodagi eng faol va yetakchi 100 nafar vakil jamlangan.
Shuningdek, u Markaziy Osiyodan tanlangan yagona vakil bo’lgan. U NVIDIA, IBM, ETH Zurich, National University of Sinpapore, Google va Microsoft kabi nufuzli universitetlar va kompaniya yetakchilari bilan bir qatorda e’tirof etilgan.
Ma’lumot uchun: ro‘yxatga kiritilgan shaxslar o‘z ish faoliyati va innovatsiyalari bilan kvant texnologiyalari sohasida dunyo miqyosida tan olinadi.
