Kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari belgilandi

Kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari belgilandi

2025-yil 17-dekabr kuni Adliya vazirligi Kasbiy taʼlim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlarni 3726-raqam bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning 58-moddasiga koʻra, professional (kasbiy) taʼlimni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari va taʼlim dasturlariga muvofiqlik jihatdan kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur idoraviy hujjat bilan 7 ta yoʻnalish doirasidagi 37 ta mezon boʻyicha kasbiy taʼlim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda foydalaniladigan 203 ta indikator belgilanmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Unga koʻra, 12 ta (5.9 %) majburiy indikatorlar (kutubxonada oʻquvchilar kontingentiga mos oʻquv adabiyotlarining mavjudligi, taʼlim dasturlari va oʻquvchilar kontingentiga mos bino (inshootlar) bilan taʼminlanganlik va b.) hamda 191 ta (94.1 %) umumiy indikatorlar (oʻquv xonalarining nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirilganligi, pedagog va oʻquvchilarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish choralari koʻrilganligi va b.) mavjud boʻlib, “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunda:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– 50 % gacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq emas”;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– 50 % dan 60 % gacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “qisman muvofiq”;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– 60 % va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq” deb topiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Majburiy indikator “muvofiq emas” deb baholansa, umumiy natijadan qatʼi nazar, mezon “muvofiq emas” deb topiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, muhokamalar portalida ‘‘Kasbiy taʼlim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlarni tasdiqlash haqida’’ qaror loyihasi e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠