Buxoroda bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Buxoroda bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan “Kobdin g‘unchalari” maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi tomonidan tarbiyalanuvchilarga nisbatan qo‘pol munosabat aks etgan videolavha tarqaldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur holat yuzasidan  Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan rasmiy munosabat bildirildi. Unga ko‘ra, vaziyat belgilangan tartibda o‘rganib chiqilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘rganish jarayonida voqea joriy yilning 10-dekabr kuni tarbiyachi N.S tomonidan mashg‘ulot vaqtida sodir bo‘lganligi aniqlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lum bo‘lishicha, tarbiyachining xizmat vazifasini bajarishda qo‘pol xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, tashkilot pedagogik jamoasi o‘rtasida bola bilan muomalada pedagogik etika, madaniyat va kasbiy talablarning so‘zsiz bajarilishi bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirish ishlari olib borilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot o‘rnida, maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning tegishli bandlariga ko‘ra:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya qoidalari, gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– tashkilotni malakali pedagogik va boshqa kadrlar bilan ta’minlash, o‘quv-tarbiya jarayonini amaldagi qonunchilikka muvofiq tashkil etish;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– tarbiyalash va o‘qitish sifatini ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tashkilot zimmasiga majburiyat sifatida yuklangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Agar ushbu talablar bir necha marotaba buzilsa yoki aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha davlat sherigining yozma ko‘rsatmalari bajarilmasa, bitimga muvofiq, davlat sherigi tomonidan sheriklik bitimi bir tomonlama bekor qilinishi belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha ochish uchun qanday hujjatlar talab qilinishi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠