Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi maktab oshxonasiga qo’yilgan gigiyenik talablar haqida ma’lumot berdi.
Qo‘yiladigan talablar:
1. Xonalar va jihozlar talablari:
-
oshxona xonalari toza, yorug‘ va shamollatiladigan bo‘lishi kerak;
-
devorlar 1,7 m balandlikkacha yuviladigan material bilan qoplangan bo‘lishi kerak;
-
pol sirpanchiq bo‘lmagan materialdan bo‘lishi va muntazam yuvib-dezinfeksiya qilinishi kerak.
2. Ovqat tayyorlash talablari:
-
xom mahsulot bilan tayyor ovqat bir xil joyda ishlanmaydi (kross-kontaminatsiya oldini olish);
-
pichoqlar, doskalar rang bo‘yicha ajratilgan bo‘lishi lozim.
3. Idish-tovoqlar gigiyenasi:
Idishlar uch pog‘onali yuvish tizimida tozalanadi:
-
sovunli suv;
-
issiq suv;
-
dezinfeksiya (maxsus eritma).
Choynak, piyola va qoshiq alohida yuviladi. Bir martalik idishlar qayta ishlatilmaydi.
4. Sanitariya holati:
-
har kuni to‘liq umumiy tozalash, haftada 1 marta chuqur dezinfeksiya qilinadi;
-
chiqindilar qopli chelaklarda saqlanadi va kuniga kamida 1–2 marta olib chiqiladi;
-
zararkunandalarga qarshi dezinfeksiya, deratizatsiya rejali ravishda o‘tkaziladi.
5. Xodimlarga qo‘yiladigan talablar:
-
xodimlar maxsus kiyim (xalat, bosh kiyim, fartuk)da ishlashi shart;
-
ish boshlashdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi kerak;
-
qo‘llarni yuvish uchun maxsus joylar, sovun, dezinfektor bo‘lishi zarur;
-
xodimlar shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi shart.
6. Mahsulotlarni qabul qilish va saqlash:
-
mahsulotlar sifat hujjatlari (sertifikat, sifat guvohnomasi) bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart;
-
muzlatkich va kameralar harorati nazorat qilinadi.
Avvalroq, maktab oshxonalarida bir qator mahsulotlarning tayyorlanishi va sotilishi taqiqlangani haqida xabar bergan edik.
