Kuzgi attestatsiyada olingan yangi toifa uchun ustamalar qachondan boshlab to‘lanadi? 

Kuzgi attestatsiyada olingan yangi toifa uchun ustamalar qachondan boshlab to‘lanadi? 

Hukumatning 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarorining 48-bandiga ko‘ra, pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.

 

Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va malaka toifalari berish tizimi xalqaro eʼtirof etilgan vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan oʻtkazilgandan soʻng attestatsiyada ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qoʻshimcha 70 foiz ustama belgilanadi.

 

Bunda qoʻshimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi. Belgilangan darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlganligi sababli navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan berilgan maksimal ball eʼtiborga olinmaydi.

 

Ushbu pedagoglar hamda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan malaka toifasiga ega pedagog kadrlar oʻz xohishiga koʻra, navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish orqali ustamaga ega boʻlishlari mumkin.

 

Ustamaning amal qilish muddati ikki yil boʻlib, muddat yakunlangandan soʻng ustama uchun sinovlarda qayta ishtirok etish mumkin boʻladi.

 

P.S. 2025-yil avgust dekabr oylari Sertifikatlari joriy yilning 5-dekabr sanasi bilan rasmiylashtirilganligi sababli, yangi toifalar boʻyicha, shu jumladan 70% ustamalar ham 2025-yil 5-dekabrdan boshlab toʻlab berilishi kerak!