Ixtisoslashtirilgan maktab o’qituvchilari oʻrindoshlik asosida boshqa maktabda ham ishlashi mumkin(mi)?

Mehnat kodeksining 432-moddasiga ko’ra o’rindoshlik asosidagi ish xodim tomonidan o’zining asosiy ish joyida (ichki o’rindoshlik) yoki boshqa ish beruvchida (tashqi o’rindoshlik) bajarilishi mumkin.

 

Bundan tashqari, o’rindoshlik asosida ishlash uchun o’qituvchi asosiy ish joyi hisobidan ta’tilga chiqishi shart emas. Ya’ni, asosiy ishdan bo’sh vaqtda oʻrindoshlik asosida ishlash xodimning huquqi hisoblanadi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18- oktyabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko’ra o’rindoshlik asosida ishlash uchun ish beruvchining, asosiy ish joyidan kasaba uyushmasi qo’mitasining yoki boshqa organning roziligi talab etilmaydi.

 

Shuningdek, xodimning asosiy ish joyidagi homiladorlik va tug’ish ta’tili tugaganidan keyin, unga bolasi ikki yoshga to’lguniga qadar beriladigan bolani parvarishlash ta’tili davrida ham boshqa bir maktabda oʻrindoshlik asosida ishlashiga cheklov yoʻq.

 

Lekin o’rindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning mazkur toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq boʻlmasligi kerak.

 

Mehnat kodeksining 435-moddasiga koʻra o’rindoshlik asosida ishlash toʻgʻrisidagi mehnat shartnomalari, agar bu qonunchilikka zid boʻlmasa, bir yoki bir nechta ish beruvchi bilan ham tuzilishi mumkin.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры