O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qarori bilan quyidagi muddatlarda e’lon qilinadi:
– Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan so‘ng 30 kun ichida;
– ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich imtihonlari o‘tkazilgan kundan 20 kun ichida;
– hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida e’lon qilinishi ko‘zda tutilgan.