Rabiyev Sherzod Mirjalilovich Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlanishi kutilmoqda.
Kuni kecha Sh. Rabiyev Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, Adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Sh. Rabiyev 1984-yilda Sirdaryo viloyati Xovos shahrida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi kungacha oliygohga yuridik fanlar doktori va professor Islambek Rustambekovich Rustambekov rektor vazifasini bajaruvchi sifatida rahbarlik qilib kelayotgan edi.
2025-yil 26-noyabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–232-sonli Prezident Farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra, Toshkent davlat yuridik universitetida klinik va dual ta’lim tamoyili asosida ta’lim olish tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, Toshkent davlat yuridik universitetida fakultet dekanlarini saylash amaliyoti ham joriy etiladi.
