Rossiya maktablariga migrant bolalarning atigi 19 foizi qabul qilindi

Rossiya maktablariga migrant bolalarning atigi 19 foizi qabul qilindi

Rossiya maktablariga rus tili bo‘yicha testni muvaffaqiyatli topshirib, hujjatlarni to‘liq taqdim etgan migrant bolalarning atigi 19 foizi qabul qilingan. Bu haqda Rosobrnadzor rahbari Anzor Muzayevga tayanib “РИА Новости” xabar berdi.

 

“Ikki talabni bajarish — hujjatlar to‘plamini taqdim etish va rus tilini bilish — natijasida taxminan 19 foiz bolalar maktablarga qabul qilindi. Ya’ni, ularning hujjatlari to‘g‘ri va ular imtihonni topshirishdi”, — degan u.

 

Qolganlari — 80 foizdan ko‘prog‘i — tilni yetarli bilmagani yoki ota-onalarning hujjatlarni noto‘g‘ri rasmiylashtirgani sababli qabul qilinmagan.

 

Rosobrnadzor rahbarining ma’lum qilishicha, idora migrantlar ko‘p bo‘lgan hududlardan test o‘tkazish tajribasi va bunday bolalarni maktablarga qabul qilish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot so‘ragan.

 

Shuningdek, maktablarning migrant bolalar sonining oshishiga qanday moslashayotgani va o‘qituvchilar ishida qanday o‘zgarishlar kerakligini o‘rganishni boshlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, migrant bolalar uchun test tartibi 2025 yil mart oyida tasdiqlangan, imtihon esa aprel oyidan boshlab o‘tkazila boshlangan. Agar natija ijobiy bo‘lsa, bola ta’lim muassasasiga qabul qilinadi, aks holda unga qo‘shimcha ta’lim olish taklif etiladi. Testni qayta topshirish esa kamida uch oy o‘tib amalga oshirilishi mumkin.