Ta’limga oid TOP 5 film

Kino san’ati rivojlanib borgani sayin, turli mavzulardagi filmlar yoki bir mavzu doirasida ajoyib kinokartinalar yaratilishi shubhasiz.

 

Quyida esa ta’limga oid bo’lgan va barcha ko’rishi kerak bo’lgan filmlar haqida ma’lumot beramiz:

 

5. Yakkalanish – (Detachment 2011)

 

 

Ushbu film qahramoni maktablarda ishdan ketgan va yangi ustoz kelguniga qadar o’quvchilarga dars beradigan zahiradagi o’qituvchi haqida hikoya qiladi.

 

Amerika taʼlim tizimini, oʻquvchilar va oʻqituvchilar orasidagi munosabatlarni, ota-onalarning oʻz farzandlari kelajagiga qanchalik befarq ekanligini va bu bolalarning xarakterini qanchalik oʻzgartirishini juda ham ayanchli tarzda ochib bergan va tahlil qilgan.

 

Butun boshli kino ushalmagan orzular, jamiyatdan uzilib qolgan va boshqa insonlar bilan munosabatga kirishishga qoʻrqadigan odamlar haqida.

 

4. Zakovatli Uill Hanting – (Good Will Hunting 1997)

 

 

O’ta iste’dodli bo’lgan, biroq jamiyat yaratgan stereotiplar tufayli o’qishni istamaydigan talaba hayotidan hikoya qiluvchi bu film hanuzgacha sevib tomosha qilinadi.

 

Bunga eng birlamchi sabab, kinoda ko’tarilgan muammolar haligacha aktualligi. Film tanqidchilar tomonidan yuqori baholandi va 10 millionlik byudjet bilan 225 million dollardan ortiq daromad keltirdi.

 

Qiziqarli hikoya orqali film sizda yorqin taassurot qoldiradi.

 

3. Tafakkur o’yini – (A beatiful mind 2001)

 

 

Daholik va telbalik o’rtasidagi nozik chiziqni topish qanchalik qiyinligi va bu ikki omil bir-birisiz mavjud bo’lmasligi haqidagi ta’sirli hikoya ushbu filmni tomosha qilmoqchi bo’lganlarni befarq qoldirmaydi.

 

Rassel Krou ushbu roli uchun Oscar mukofotiga nomzodi qo’yilgan. Film o’zining ajoyib atmosferasi bilan tomoshabinga manzur kelishi shubhasiz.

 

2. Ustoz – (Madadayo 1993)

 

 

Yapon kino san’atining shubhasiz eng katta vakili bo’lgan rejissyor, Akira Kurosavaning so’nggi filmi komediya-drama janrida suratga olingan.

 

Film universitetning nafaqadagi professori va adabiyot arbobining sentimental hikoyasidir. Kino Yaponiya ta’lim tizimini hozirgi kundagi yetakchiligining boshlang’ich kelib chiqishi haqida hikoya qiladi.

 

Ushbu ommaviy film o’z vizualizatsiyasi bilan ajralib turadi.

 

1. O’lik shoirlar jamiyati – (Dead poets society 1989)

 

 

Dead Poets Society” – bu 1989-yilda chiqqan, Robin Williamsning ajoyib ijrosi bilan mashhur bo’lgan, klassik drama filmi. Film 1959-yilda joylashgan Vermontdagi elita xususiy maktabida o’rnatilgan.

 

Filmning asosiy mavzusi ijodiylik, shaxsiyatni rivojlantirish va an’anaviy ta’lim tizimiga qarshi kurash. O’qituvchi Jon Kiting (Robin Williams) o’zining g’ayrioddiy uslublari bilan o’quvchilarni ijodiy fikrlashga, o’zlarini ifoda etishga va hayotdan zavqlanishga undaydi.

“Dead Poets Society” ko’plab mukofotlarga sazovor bo’lgan va bugungi kunda ham klassik film sifatida qabul qilinadi. Film o’zining dramatikligi, ijodiyligi va Robin Williamsning ajoyib ijrosi bilan tomoshabinlarni o’ziga jalb qiladi.

 

 

 

 

 

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры