Avvalroq, Namangan viloyatida bir guruh shaxslar attestatsiya imtihonlarida pedagoglarga moddiy manfaat evaziga masofadan turib — “bunker” tashkil qilgani haqida xabar berilgan edi.
Holat bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi munosabat bildirdi.
‘‘Joriy bahorgi attestatsiya jarayonlarida ayrim pedagoglar tomonidan noqonuniy qurilmalardan foydalanishga urinish holatlari aniqlangach, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, ushbu holatlarga chek qoʻyish yuzasidan birgalikda ishlar olib borildi.
Xususan, joriy yil bahorda oʻtkazilgan malaka toifa sinovlarida 75 nafar, kuzgi sinovlarda esa 45 nafar pedagog tomonidan qoʻshimcha qurilma va shpargalkalarni olib kirishga urinish boʻlgan.
Ushbu talabgorlar tartib-qoidalarni buzganligi sababli oʻz vaqtida attestatsiya sinovlaridan chetlatilgan.
Taʻkidlash joiz, malaka sinovi testlarida jarayonlar doimiy kuzatib kelinmoqda’’, deyiladi xabarda.
