19 yoshli futbolchi Oksford universitetida o‘qish uchun professional faoliyatini yakunladi

19 yoshli futbolchi Oksford universitetida o‘qish uchun professional faoliyatini yakunladi

“Manchester Siti”ning sobiq futbolchisi Xan Vilxoft-King 19 yoshida Oksford universitetida huquqshunoslik boʻyicha oʻqish uchun professional faoliyatini toʻxtatishga qaror qildi. The Guardian nashrining xabariga koʻra, u Pep Gvardiola qoʻl ostidagi shiddatli mashgʻulotlar va oʻzidan qoniqmaslik hissi uning hayotida qanday keskin oʻzgarishlarga olib kelganini aytib oʻtgan.

 

Uilxoft-King avvalroq Premyer-liganing futbolchilaridan biri boʻlgan. Angliya yoshlar terma jamoasi sobiq aʼzosi oʻn yildan koʻproq vaqt “Tottenxem” akademiyasida murabbiy Yaya Ture bilan birga mashgʻulot oʻtkazgan va Antonio Konte qoʻl ostida tez-tez asosiy jamoa bilan shugʻullangan.

 

2024-yilda u “Manchester Siti”ning U-21 jamoasiga oʻtgandi.

 

Xan Vilxoft-King futbolda katta salohiyatga ega, markaziy yarim himoyachi sifatida professional oʻyinda uning taʼsir koʻrsatishi kutilardi. Biroq, u ilm borasida ham juda aqlli. Xususan, A-level imtihonlarida matematika, iqtisodiyot va tarix fanlaridan mos ravishda A*, A*, A natijasini koʻrsatgan.

 

Mavsum boshlarida, u universitetga ariza bergan va tayyorgarlik juda oz boʻlganiga qaramay huquq boʻyicha milliy testdan oʻtgan. Oksford uni intervyuga chaqirgan va yanvarda talabalikni taklif qilgan.

 

Maʼlum qilinishicha, u professional futbolni tashlab, Oksfordga ketish ustida koʻp oʻylagan. Koʻp odamlar unga “Nima uchun?” degan savol berishgan.

 

U holatni shunday izohlagan:

 

“Bu savolni atigi bir necha kunda 90 ga yaqin odam berdi. Oddiy qilib jarohatlar sababli deyishim mumkin.”

 

Xabar qilinishicha, asosiy sabab faqat jarohatlar emas. U har doim ilm-fanga qiziqqan. Bu ehtimol ota-onasidan: otasi Jorg falsafa boʻyicha universitet oʻqituvchisi boʻlgan, hozir esa xalqaro talabalarni yoʻnaltiruvchi kompaniyada ishlaydi, onasi Laura esa arxitektor.

 

Xan Vilxoft-King “Highgate Wood” maktabida 11‑sinfgacha oʻqigan va “Spurs” futbol akademiyasida unga matematika va iqtisodiyot boʻyicha shaxsiy oʻqituvchi berishgan. U haftada taxminan ikki marta shugʻullangan, qolgan vaqtini mustaqil oʻqishga ajratganini aytgan. Keyinchalik “Manchester Siti”da boʻlgan paytda tarix boʻyicha A-level sertifikatini olgan.

 

Futbolda “yetarlicha ragʻbatlanmaganini” his qilgan futbolchi shunday degan:

 

“Men hanuzgacha futbolni sevaman, lekin doimo men koʻproq narsa qila olishimni his qilardim. Men kun boʻyi soatlarimni bekorga sarflayapman deb oʻylaganman. Boshqacha bir narsaga ehtiyojim bor edi va Oksford meni ilhomlantirdi. Jarohatlar albatta katta omil edi, lekin bu oddiy javob. Men asosan intellektual jihatdan biror narsa istardim.”

Uning aytishicha, agar u “League One” yoki “Championship”da oʻynab, yaxshi pul ishlasa ham, bunday hayotdan qancha rohat olishini bilmasdi. Eng yaxshi holatda ham, u 10–15-yil oʻynay olardi, ammo undan soʻng nima qilishi nomaʼlum edi. U universitetni tanlash orqali oʻz kelajagini 10–15-yildan ortiqroq muddatga rejalashtirgan.