Niderlandiyada magistratura bosqichini yillik 22,000 yevrogacha stipendiya bilan oʻqish dasturi

Niderlandiyada magistratura bosqichini yillik 22,000 yevrogacha stipendiya bilan oʻqish dasturi

Niderlandiyaning Twente universiteti magistratura bosqichida o‘qish uchun University Twente Scholarship (UTS) dasturini e’lon qildi. Twente universitetiga qabul qilingan talabalar bir qator xalqaro yo‘naltirilgan magistratura yo‘nalishlarida o‘qish imkoniga ega bo‘ladilar.

 

Talabalar quyidagi sohalarda ta’lim olishlari mumkin:

 

  • Nanotexnologiya

  • Biotibbiyot texnologiyalari

  • Axborot texnologiyalari

  • Boshqaruvni o‘rganish

  • Barqaror energiya

  • Yuqori texnologiyali tizimlar

 

Shuningdek, Twente universiteti muhandislik, tabiiy fanlar, sog‘liqni saqlash, xulq-atvor va menejment sohalarida ham mukammal ta’lim va tadqiqot imkoniyatlariga ega. Muvaffaqiyatli talabalar yiliga €3,000 dan €22,000 gacha stipendiya olishlari mumkin.

 

Dastur bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

 

Maqbullik shartlari

 

Twente universiteti stipendiyasiga ega bo‘lish uchun nomzodlar quyidagi talablarni bajarishi kerak:

 

  1. Twente universitetining magistratura bosqichiga qabul qilinganlik bo‘yicha qabul xatini olgan bo‘lishi (magistratura uchun ariza topshirilgandan keyin natijalar chiqishi 8 haftagacha vaqt olishi mumkin);
  2. Talabalik identifikatsiya raqami (student number) mavjud bo‘lishi.

  3. Bakalavriatni Twente universitetida tugatmagan bo‘lishi.

  4. Niderlandiyada yashash uchun vizaga ega bo‘lish shartlariga rioya qilishi.

  5. IELTS 6.5 (speaking 6.0 dan kam bo‘lmagan) yoki TOEFL 90 sertifikatiga ega bo‘lishi.

 

Dasturning maqbullik shartlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

 

Foydali tomonlari

 

Stipendiyaga qabul qilingan talabalar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar:

 

Yiliga €3,000–€22,000 stipendiya (taxminan 50 talabaga taqdim qilinadi).

 

Twente universitetida o’qishning taxminiy yashash xarajatlari haqida ushbu havolaorqali tanishib chiqish mumkin (kontrakt to‘lovlari bundan mustasno).

 

Ikki yillik o‘quv dasturida talabalar ikkinchi yil xarajatlarini qoplash uchun birinchi yildagiga teng miqdorda stipendiyani olishlari mumkin. Biroq, quyidagi talablarga javob bergan holatdagina  talabalar ikkinchi yil ham stipendiyani olishlari davom ettiriladi:

 

– birinchi yilning uchinchi choragi oxirida o‘rtacha 7 balldan kam bo‘lmagan natija;

– birinchi yil oxirida Yevropa kreditlarining kamida 50% bajarilgan bo‘lishi.

 

Dasturning imtiyozlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Hujjat topshirish tartibi

 

  • University of Twente Scholarship’ga ariza topshirish uchun avval Twente universitetining magistratura dasturiga ariza topshiriladi. Magistratura bosqichiga qabul qilinganlik bo‘yicha qabul xatini olgandan so‘ng, talabalik identifikatsiya raqami bilan Twente University Scholarshipga ariza topshirish  mumkin;

 

  • Ushbu havola orqali Twente universitetining magistratura dasturiga ariza topshirish hamda mavjud yo‘nalishlar bilan batafsil  tanishib chiqish mumkin;

 

  • Dasturga ariza ushbu havola orqali topshiriladi.

 

Dasturga har yili ikki marta qabul o’tkaziladi:

 

  • 1-round: 15-oktyabr — 1-fevral

  • 2-round: 1-fevral — 1-may