Ertaga DXX akademiyasiga kirish imtihonida qatnashadiganlar test sinovi bo‘ladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin

Ertaga DXX akademiyasiga kirish imtihonida qatnashadiganlar test sinovi bo‘ladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin

Xabaringiz bor, Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2025-yil 18-noyabr kuni o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

 

Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga kirish test sinovlarida ishtirok etadigan nomzodlar 17-noyabr kuni soat 10:00 dan 11:00 ga qadar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.