Xabaringiz bor, Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2025-yil 18-noyabr kuni o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.
Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga kirish test sinovlarida ishtirok etadigan nomzodlar 17-noyabr kuni soat 10:00 dan 11:00 ga qadar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.
