United People Global (UPG) – bu dunyo bo‘ylab insonlarni ezgu ishlar qilishga rag‘batlantiruvchi va g‘oyalarini amalga oshirishda amaliy yordam beruvchi jamiyatdir. Jamiyat doirasida har yili Barqaror rivojlanish maqsadlariga qaratilgan dastur – Sustainable Development Goals – amalga oshirilib, millati, o‘qimishlilik va salomatlik darajasidan qat’i nazar, 500 dan ziyod yoshni yo‘nalish bo‘yicha o‘qitib kelmoqda.
Darslar onlayn tarzda bo’lib o’tadi.
2026-yil iyuldagi kurs yakunida har bir ishtirokchiga maxsus sertifikat taqdim etiladi. Ular orasida eng kuchli deb topilgan yetakchilar Xarrikens Oroliga (AQShda) 1 haftalik bepul sayohatni qo‘lga kiritadilar.
Dastur haqida batafsil bu yerda o‘qish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Jinsi, irqi va salomatlik darajasidan qat’i nazar, istalgan mamlakat fuqarolari qatnashishi mumkin;
- Ishtirokchilarning yoshi 2026-yil, 1-martdan 31-iyulga qadar 18-35 yosh oralig‘ida bo‘lishi kerak;
- Ingliz tilidan yetarli darajada yaxshi xabardor bo‘lishlari lozim;
- Keng fikrli, ishtiyoqmand va muammolarni yechishda zukko, UPG yetakchilari qatoridan joy olishga intiluvchan bo‘lishlari darkor.
Ariza topshiruvchilarga qo‘yilgan talablar bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
Foydali tomonlari:
- Dasturda qatnashish bepul;
- Dastur yakuniga yetgach, maxsus sertifikat beriladi;
- Eng kuchli deb topilgan yetakchilarga Xarrikens Oroliga (AQSh) 1 haftalik sayohat uyushtiriladi. (Barcha xarajatlar qoplanadi).
- Arizalarni qabul qilishning birinchi to‘lqini 2025-yilning 31-dekabrida o‘z nihoyasiga yetadi;
Arizalarni baholashda quyidagi to‘rt jihat e’tiborga olinadi:
- Profil.
- Motivatsiya (nima uchun dastur yetakchisi sifatida aynan u tanlanishi kerakligi bo‘yicha arizada bergan javoblaridan kelib chiqib, xulosa qilinadi).
- Qobiliyat (Nomzod o‘zining rejasini amalga oshirishga qanchalik qobiliyatli ekanligiga qaraladi).
- Ta’sir qilish ehtimoli (g‘oyaning potensial darajasiga bog‘liq).
Qo‘shimcha ma’lumotlarni:
- Ushbu saytdagi onlayn arizani to‘ldirish orqali;
- tezkor savol-javoblar bo‘limidan olish mumkin.
Dastur haqida qo’shimcha savollarni ushbu havola orqali berish mumkin.
