Bilimni baholash agentligi hamda Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligi xodimlarining ma’lumot berishicha, o‘qishni ko‘chirishning ikkita turi mavjud. Bular tashqi va ichki, ya’ni:
– xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat oliy ta’lim muassasalariga (tashqi);
– davlatning bir OTMidan boshqasiga (ichki).
O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:
– talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
– davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
Tashqi ko‘chirish turida esa, davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi. O‘tish balini to‘plolmaganlar “super-kontrakt” bilan qabul qilinishi mumkin.
Eslatma! O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi.