Xalqaro olimpiada sovrindorlarini tayyorlagan pedagoglarga to‘g‘ridan to‘g‘ri oliy malaka toifasi beriladi

Xalqaro olimpiada sovrindorlarini tayyorlagan pedagoglarga to‘g‘ridan to‘g‘ri oliy malaka toifasi beriladi

Xalqaro olimpiadalarda 1-, 2-, 3-o‘rin sovrindorlarini tayyorlagan pedagoglarga oliy malaka toifasi beriladi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra quyidagi Xalqaro olimpiadalar sovrindorlarini tayyorlagan pedagoglarga oliy malaka toifasi beriladi:

 

–  xalqaro matematika (IMO);

 

– fizika (IPhO);

 

–  kimyo (IChO);

 

– biologiya (IBO)

 

– informatika (IOI)

Yuqorida sanab o‘tilgan xalqaro fan olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal (birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin) sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) to‘g‘ridan to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi.

 

 Avvalroq, ayrim pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) bir pogʻonaga oshirilishi haqida xabar bergan edik.