Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari o‘tkaziladigan manzillar ma’lum bo‘ldi

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari o‘tkaziladigan manzillar ma’lum bo‘ldi

Ertaga, 4-iyul kunidan Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari boshlanadi.

 

Kirish imtihonlarida sizdan bir nechta tartib-qoidalarga amal qilish so‘raladi.

 

Jumladan:

 

Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz;

 

Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz;

 

Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e’tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi).

 

Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.

 

Maʼlumot oʻrnida, talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 soat oldin tug’ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

 

Joriy yilda Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:

Maktab turi Manzil yuklab olish
Ijod maktablar Yuklab olish
Ixtisoslashtirilgan maktablar Yuklab olish
Prezident maktablar Yuklab olish