Ertadan “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish bosqichi boshlanadi

Ertadan “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish bosqichi boshlanadi

Ertaga, 11-noyabr soat 00:00 da saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish bosqichi boshlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Mazkur jarayon 20-noyabr soat 23:59 ga qadar davom etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ovoz berishda faqatgina maktab o‘quvchilari o‘z maktabi bo‘yicha kiritilgan takliflarga ovoz bera oladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Eng ko‘p ovoz olgan takliflar ro‘yobi uchun har bir maktabga mahalliy budjetdan 62 mln so‘mdan pul ajratiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Joriy mavsumda 112 ta tumandagi maktablar qatnashyapti.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠ Qolgan tumanlar dekabr oyida bo‘ladigan ikkinchi mavsumda ishtirok etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga ko‘ra, 22-31 oktyabr kunlari maktab o‘quvchilaridan o‘z maktabini qo‘shimcha jihozlash bo‘yicha jami 112 272 ta loyiha kelib tushgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bu ko‘rsatkich bilan, “Ochiq budjet” portalida o‘tkazib kelinayotgan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlaridagi rekord yangilandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

Mazkur video orqali “Mening maktabim” loyihasida qay tarzda ovoz berish mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌⁠⁠