Ertadan “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish bosqichi boshlanadi

Ertadan “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish bosqichi boshlanadi

Ertaga, 11-noyabr soat 00:00 da saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish bosqichi boshlanadi. Mazkur jarayon 20-noyabr soat 23:59 ga qadar davom etadi.

 

Ovoz berishda faqatgina maktab o‘quvchilari o‘z maktabi bo‘yicha kiritilgan takliflarga ovoz bera oladi.

 

Eng ko‘p ovoz olgan takliflar ro‘yobi uchun har bir maktabga mahalliy budjetdan 62 mln so‘mdan pul ajratiladi.

 

Joriy mavsumda 112 ta tumandagi maktablar qatnashyapti. Qolgan tumanlar dekabr oyida bo‘ladigan ikkinchi mavsumda ishtirok etadi.

 

Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga ko‘ra, 22-31 oktyabr kunlari maktab o‘quvchilaridan o‘z maktabini qo‘shimcha jihozlash bo‘yicha jami 112 272 ta loyiha kelib tushgan.

 

Bu ko‘rsatkich bilan, “Ochiq budjet” portalida o‘tkazib kelinayotgan tashabbusli budjetlashtirish jarayonlaridagi rekord yangilandi.

Mazkur video orqali “Mening maktabim” loyihasida qay tarzda ovoz berish mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot beriladi.