A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi

A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi

Shotursunova Nodira Nasirovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Nodira Shotursunova Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Taʼlimdagi mehnat faoliyatini 2004-yilda Toshkent Tijorat va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida o‘qituvchilikdan boshlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasida Fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda gender tenglik masalalalari bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2023-2024-yillarda – Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bugunga qadar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠