Sidney universitetiga 2026-oʻquv yili uchun qoʻshimcha xorijiy talabalar kvotasi berilmaydi — taʼlim vaziri

Sidney universitetiga 2026-oʻquv yili uchun qoʻshimcha xorijiy talabalar kvotasi berilmaydi — taʼlim vaziri

Avstraliyaning Sidney universiteti xorijiy talabalarga ajratilgan qo‘shimcha kvotani olishdan rad javobini oldi.

 

Avstraliya ta’lim vaziri Jeyson Kler e’lon qilishicha, kelasi yil davlat universitetlari uchun jami 17 500 ta qo‘shimcha xorijiy talaba o‘rni ajratiladi, ammo Sidney universiteti bunga loyiq topilmadi. Bunga asosiy sabab sifatida universitetdagi yangi talabalar turar joyi yetishmasligi ko‘rsatilgan.

 

E’lon qilingan qarorga ko‘ra, mintaqaviy universitetlar — Charles Sturt, Federation, Newcastle va Charles Darwin universitetlari — eng katta o‘sishni qayd etgan. Melburndagi Monash universiteti kelasi yilda qo‘shimcha 910 ta talaba qabul qilishi kutilmoqda.

 

Avstraliyada ta’lim to‘rtinchi yirik eksport sohasi bo‘lib, 2023/24 moliyaviy yilida uning qiymati 51,5 milliard dollarni tashkil etgan. Ammo talabalar vizasi uchun arizalar o‘tgan yilga nisbatan 26 foizga kamaygan.

 

Ta’kidlash joiz, Avstraliya ta’lim tizimi har bir o‘quv muassasasi uchun har yili xorijlik talabalar soniga individual limit belgilaydi. Avvalroq, Avstraliya 2026-yilda xorijiy talabalar uchun qabul kvotasi cheklovini yillik 270 000 dan 295 000 ga oshirishi haqida xabar bergan edik.