O‘zbekistondagi 8 ta tibbiyot OTMning yo‘nalishlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi

O‘zbekistondagi 8 ta tibbiyot OTMning yo‘nalishlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi

O‘zbekistondagi 8 ta tibbiyot oliy ta’lim yo‘nalishlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi

 

Unga ko‘ra, joriy yilda 3 ta oliy ta’lim muassasasi negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etilgan. Shuningdek, Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

 

Samarqand davlat tibbiyot universiteti nufuzli xalqaro THE reytingiga kirgan O‘zbekistondagi ilk tibbiyot oliygohi bo‘lgan. Jami 8 ta tibbiyot OTMning ta’lim yo‘nalishlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan.

 

Buxoro davlat tibbiyot instituti Webster universiteti bilan 3+1 tizimida “Oliy hamshiralik ishi” bo‘yicha, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti esa BAAning Gulf universiteti bilan 3+3 tizimida Associate degree in preclinical sciences bakalavriat va Doctor of medicine magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma dasturlarni joriy etilgan.