Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

2025-yil 4–5-oktabr kunlari geografiya, kimyo va matematika fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

 

Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining «Mening arizalarim» bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

 

2025-yil 5-oktabr kuni 1-smenada Namangan viloyatida matematika fanidan oʻtkazilgan test sinovi natijalari tahliliga koʻra taqsimot normal taqsimotdan keskin farq qilgani uchun ushbu hududdagi 2025-yil 5-oktabr kuni 1-smenada oʻtkazilgan test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 17/1-bandiga asosan bekor qilindi.

 

Test sinovi natijalari bekor boʻlgan talabgorlarga ularning xohishiga koʻra amalga oshirgan toʻlovi qaytariladi yoki qayta test sinovlari tashkil etiladi.

 

Bunda amalga oshirgan toʻlovini qaytarib olish istagida bo‘lgan talabgorlar 16-noyabr kuniga qadar https://my.gov.uz/uz/service/914 havolasi orqali ariza bergan holda to‘lovini qaytarib olishi mumkin.

 

Ushbu muddat ichida ariza bermagan talabgorlar uchun 2025-yil 23-noyabr kuni soat 09:00 da Agentlikning Namangan viloyatidagi binosida qayta test sinovlari tashkil etiladi.