“Mening maktabim” loyihasining 2025/2026-o‘quv yilidagi 1-bosqichi doirasida loyiha kiritish bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Mazkur jarayonlar 22–31-oktyabr kunlari o‘tkazildi.
Loyiha kiritish bosqichi davomida maktablardan jami 112 272 ta loyiha kelib tushdi. Bunda, Toshkent shahridagi maktablardan eng ko‘p — 18 229 ta tashabbus ilgari surildi.
Ma’lumot uchun: 2025-yil 1–10-noyabr kunlari loyihalarni saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng 11–20-noyabr kunlari ovoz berish bosqichi o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, loyiha doirasida har bir maktabga ajratilgan mablagʻ doirasida gʻoliblar aniqlanadi.
