Toshkent viloyatida o‘quvchilarni kitob bilan urgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Toshkent viloyatida o‘quvchilarni kitob bilan urgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumanidagi 11-sonli umumta’lim maktabida may oyida sodir bo‘lgan voqea yuzasidan batafsil tekshiruv olib borildi. Ma’lum bo‘lishicha, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi tomonidan 9-sinf o‘quvchilariga nisbatan pedagogik axloq normalariga zid harakatlar qo‘llangan.

 

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan maxsus komissiya o‘qituvchining o‘quvchilarni jismoniy jazo qo‘llashi, ularning qadr-qimmatini kamsitishi va noqonuniy usullar qo‘llaganligini aniqladi.

 

Tegishli ma’sullar javobgarligini aniqlash uchun o‘tkazilgan ichki tekshiruv davomida ma’naviy-axloqiy tarbiya mas’uli bo‘lgan direktor o‘rinbosari tomonidan voqea yuzasidan o‘z vaqtida chora ko‘rilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

 

Natijada quyidagi choralar qo‘llanildi: jismoniy tarbiya o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi, maktab direktori o‘rinbosari intizomiy jazoga tortildi.

 

Huquq-tartibot idoralari tomonidan voqea yuzasidan tergov davom ettirilmoqda.