Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi abituriyentlar tomonidan yo’llanilayotgan bir qancha savollarga javob berdi.
Ma’lumot berilishicha, joriy yilgi qabul jarayonlari ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi. Birinchi bosqichda abituriyentlar imtihon topshiradigan fan, til va hududni tanlaydi. Imtihon natijalari chiqqanidan so’ng ikkinchi bosqichda 5 ta ta’lim yo‘nalishi doirasida oliy ta’lim muassasalarini tanlaydi va ularda oldingi yillardagidek davlat granti yoki yo‘nalish ustuvorligini tanlash imkoniyati mavjud.
Shuningdek, joriy yilgi qabul jarayonlarining 5-iyundan 25-iyunga qadar davom etishi inobatga olingan holda, kasb-hunar maktablari bitiruvchilaridan attestatning asl nusxasi emas, ularning maktabni tamomlayotganligi haqidagi ma’lumotlar onlayn shakllantiriladi.