Avvalroq, Toshkent shahri, Bektemir tumanida joylashgan 293-sonli maktabning 3-sinf o’quvchisi 290-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi tomonidan kaltaklanganligi haqida xabar berilgan edi. Holat yuzasidan Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko’ra, holat 4-oktyabr kuni darsdan keyin soat 16:30 dan o’tgan vaqt oralig’ida bo‘lgan.
‘‘O‘rganish natijalariga ko‘ra quyidagilar aniqlandi:
Holat 4-oktabr kuni darsdan keyin soat 16:30 dan o’tgan vaqt oralig’ida bo‘lib, bolalar o’z uyidan futbol o’ynagani chiqqan bo’lgan.
Maktabning 3-sinf o‘quvchisi 9-sinf o‘g‘il bolani haqorat qilib velosipedda qochib ketmoqchi bo’lganida 9-sinf o’quvchisi velosipedning orqa g’ildiragiga oyog’i bilan tepadi natijada 3-sinf o’quvchisi yuz qismi bilan yiqilib tan jarohati oladi.
Holat yuzasidan hozirgi kunda tuman IIB tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda. Hozirda bolaning holati yaxshi’’, — deyiladi munosabatda.
