Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoniga bugun soat 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tish mumkin

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoniga bugun soat 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tish mumkin

Xabaringiz bor, umumta’lim fanlaridan 2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlar oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

 

 

Talabgorlar ona (o’zbek, qoraqalpoq va rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoniga 10-oktyabrgacha ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin deyilgan edi.

 

 

Bu bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan bog‘langanimizda ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 10-oktyabr soat 23:59 gacha davom etishi aytildi. To‘lovni 11-oktyabrga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Test sinovlari 1-2-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

 

 

Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

 

 

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.

 

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoniga bugun soat 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tish mumkin