Kimlar maktab maslahatchisi lavozimiga davogarlik qila olishi maʼlum bo‘ldi

Kimlar maktab maslahatchisi lavozimiga davogarlik qila olishi maʼlum bo‘ldi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 30-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabdan tashqari taʼlimni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentyabrdagi PQ-277-son qarori ijrosi haqida”gi 368-son buyrug‘i qabul qilindi.

 

 

Qarorga ko’ra, joriy yil 1-oktyabrdan boshlab O’zbekiston hududlaridagi bir necha maktablarida ‘‘maktab maslahatchilari’’ faoliyati yo’lga qo’yiladi.

 

Kimlar davogarlik qila oladi?

 

Ushbu lavozim vakillari oliy, bakalavr diplomiga ega bo’lishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi), mutaxassisligi pedagogika yoki psixologiya yo’nalishida o’qigan bo’lishi talab etiladi. Mehnat staji talab qilinmaydi.

 

 

Maktabgacha va maktab ta’limi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, ta’lim standartlaridan xabardor bo’lishi kerak. Shuningdek, xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi, davlat tilishini bilishi (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilishi ustuvorlik beradi) lozim.

 

 

Lavozimga davogarlar kompyuter savodxonligiga ega bo’lishi, Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog’ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo’yicha yetarli ko’nikmaga ega bo’lishi kerak.

 

 

Ma’lumot uchun, ‘‘Ta’lim to‘g‘risida’’gi qonunning 28-moddasiga muvofiq qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar Ta’lim tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.

 

 

Malaka tavsiflari — Faylni yuklash