Germaniya universitetlariga qabul qilingan barcha bosqich talabalari uchun Friedrich Ebert Foundation grant dasturi

Germaniya universitetlariga qabul qilingan barcha bosqich talabalari uchun Friedrich Ebert Foundation grant dasturi

Germaniya oliygohlarida istalgan soha boʻyicha bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichida oʻqish uchun qabul qilingan xorijiy talabalarni qoʻllab-quvvatlash, ularga moddiy jihatdan yordam berish maqsadida DAAD tashkiloti Friedrich Ebert Foundation dasturini eʼlon qiladi.

 

 

Dasturda ijtimoiy va siyosiy bilimga ega boʻlgan, oʻz sohasi boʻyicha yuqori akademik koʻrsatkichlar koʻrsatgan talabalar ishtirok etishi mumkin.

 

 

Grant jamg‘armasi ijtimoiy jihatdan faol, yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega hamda ijtimoiy va siyosiy bilimlarga ega talabalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Dasturga qabul qilingan talabalar ta’lim muassasasi vakilligi, talabalar kengashi yoki davlat va nodavlat tashkilotlarda faol ishtirok etish majburiyatini oladi.

 

 

Har yili o‘rtacha 40 nafar talaba ushbu grant bilan taqdirlanadi va oylik stipendiya oladi.

 

Talablar

 

Nomzodlar quyidagi shartlarga javob berishi lozim:

 

– Germaniya universitetlaridan biriga hujjat topshirgan va qabul qilingan bo‘lishi;

 

– nemis tilini bilish (ta’lim ingliz tilida olib borilsa ham). Minimal daraja: DSH level 2, TestDaF 4 yoki ekvivalenti;

 

– yuqori akademik natijalar va ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega bo‘lish.

 

 

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

 

Imtiyozlar

 

Dasturga qabul qilingan talabalar quyidagi qo‘llab-quvvatlashni oladi:

 

 

– oyiga 934 yevro stipendiya;

 

– tibbiy sug‘urta xarajatlarining to‘liq qoplanishi;

 

– yaqin oila a’zolari yoki farzandlar uchun qo‘shimcha 160 yevro moddiy yordam beriladi.

 

 

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

 

Ariza topshirish tartibi

 

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar onlayn ariza topshirishi lozim. Onlayn ariza shakli namunalari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

 

Ariza topshirilgach, talablarga mos keladigan nomzodlardan kerakli hujjatlar va tavsiyanomalar email orqali taqdim etilishi so‘raladi.

 

Saralangan nomzodlar intervyuga taklif etiladi (tayyorgarlik bo‘yicha batafsil ma’lumot havolada berilgan).

Dasturga ariza topshirish haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

 

Qo‘shimcha ma’lumot

 

Dastur bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollar va javoblar — rasmiy havolada.

 

Muhim sanalar va hujjatlar ro‘yxati — rasmiy havolada.

 

Qo‘shimcha murojaatlar — rasmiy havola orqali qabul qilinadi.