Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test xizmati yo‘lga qo‘yilgan.
Bilimni baholash agentligi ish faoliyatidan kelib chiqqan holda diagnostik test xizmati to‘xtatilishini ma’lum qildi.
Bunda diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish 19-may kuni to‘xtatiladi.
Qabul qilingan buyurtmalar 24-maygacha yetkaziladi. Buyurtmalar bo‘yicha talabgorlarning javoblar varaqalari 31-maygacha qabul qilinadi va 4-iyungacha natijasi ma’lum qilinadi.