Attestatsiya bo‘yicha murojaatdagi xatolar toʻgʻrilanib qayta yuborilganda qo‘shimcha toʻlov qilinadimi?

Attestatsiya bo‘yicha murojaatdagi xatolar toʻgʻrilanib qayta yuborilganda qo‘shimcha toʻlov qilinadimi?

Hukumatning 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qaroriga ko’ra, pedagoglarning attestatsiya uchun ariza yuborish to‘xtagunicha hujjatdagi kamchiliklarni tuzatib qayta yuborilganda takroran to’lov undirilmaydi.

 

 

Nizomning 30-bandiga asosan, hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan hollarda vakolatli vazirliklar tomonidan hujjatlar qabul qilinmaganligi toʻgʻrisida davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali pedagog kadrlarga xabarnoma yuboriladi.

 

 

Pedagog kadrlar hujjat qabul qilish toʻxtatilgunga qadar kamchiliklarni tuzatgan holda hujjatlarni qayta topshirishlari mumkin. Bunda pedagog kadrdan davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim takroran undirilmaydi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish